AsosiyDunyo

O`zbekistonlik erkak Rossiyada 27 yil avvalgi jinoyati uchun qamaldi

'O`zbekistonlik erkak Rossiyada 27 yil avvalgi jinoyati uchun qamaldi'ning rasmi

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida bundan 27 yil avval qotillik sodir etgan O`zbekiston fuqarosi 9 yilga qamaldi. Bu haqda "73 Onlayn" xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, o`zbekistonlik erkak 1996 yilda Ulyanovsk viloyatida yashovchi shaxsni o`ldirib, erto`laga yashirgan va O`zbekistonga qaytib kelgan. Mamlakatda u soxta hujjatlar bilan yashirinib yurgan. Ma`lum vaqt o`tib, u yana Rossiyaga borganida chegaradan o`tishi bilanoq ushlangan.

Sud 48 yoshli erkakni 9 yillik qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qildi.

Tergov natijasida ma`lum bo`lishicha, mahkum 1996 yilning 9 sentyabridan 25 sentyabrigacha bo`lgan vaqt davomida Ulyanovsk viloyatining Zasviyajskiy tumani Gerasimov ko`chasidagi uylardan birida 26 yoshli tanishining boshiga dazmol bilan kamida 6 marta, bo`yin va ko`krak qismiga esa pichoq bilan taxminan 3 marta zarba bergan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar