O`zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
Abduqodir Husanov bugun tibbiy ko`rikdan o`tdi va Fransiya vise-chempioni "Lans" klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Hamyurtimiz "Lans"da 25-raqam ostida to`p tepadi.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida o`ynaydigan birinchi o`zbekistonlik futbolchiga aylanadi. "Lans" o`tgan mavsum Fransiya chempionatida ikkinchi o`rinni olgan va yangi mavsumda Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.
"Lans" klubi bilan shartnoma tuzganimdan baxtliman. Mashg`ulotlarda bor kuchim bilan ishlayman va menga imkoniyat berilgan har bir daqiqadan unumli foydalanishga intilaman. Yangi klubim safida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Abduqodir Husanov shartnoma tuzganidan so`ng championat.asia saytiga.