AsosiyDunyo

Dunyo bo`ylab kuzatilayotgan haddan tashqari issiqlik avgust oyida ham davom etadi

'Dunyo bo`ylab kuzatilayotgan haddan tashqari issiqlik avgust oyida ham davom etadi'ning rasmi

Dunyoning ko`plab mamlakatlarida kuzatilayotgan haddan tashqari issiqlik avgust oyida ham davom etadi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT)dagi manbaga tayanib, Ria novosti xabar bermoqda. 

"Biz tayyor bo`lishimiz kerak ... bu ekstremal issiqlik avgustgacha davom etadi", dedi tashkilot maslahatchisi Jon Neyrn, 

Uning ta`kidlashicha, iqlim o`zgarishi natijasida yuzaga keladigan issiqlik to`lqinlari tez-tez kuzatilib uradi. 

Xabarda aytilishicha, joriy yozda dunyoning ko`plab mamlakatlarida rekord darajadagi yuqori haroratlar qayd etildi, bir qator hududlarda suvdan foydalanish cheklangan, kondisionerlarning ishlashi tufayli elektr energiyasi iste`moli oshdi va olimlar bu faqat boshlanishi, deb bashorat qilmoqdalar. 

Germaniya va Gresiyada yuqori harorat tufayli o`rmon yong`inlari sodir bo`ldi, Fransiyada qurg`oqchilik xavfi tufayli bir qator munisipalitetlarda suvdan foydalanishga cheklovlar joriy etildi, shahar hovuzlari yopildi. Ispaniyaning bir qator mintaqalari, asosan Pireney yarim orolining janubiy qismi aholisi suv ta`minotidagi uzilishlardan aziyat chekmoqda, suv omborlarini to`ldirish darajasi mavsum uchun o`rtacha darajadan past bo`lib qolmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar