Mask tez orada ijtimoiy tarmoqqa murakkab kommunikasiyalar va “barcha moliyaviy operasiyalardan foydalanish imkoniyatini” joriy qilishni va`da etmoqda.
Ilon Mask so`zlariga ko`ra, bundan buyon X platformasidagi (oldingi Twitter) postlar “tvit” emas, balki “iks” deb nomlanadi.
Ijtimoiy tarmoq nomi yangi konsepsiya tufayli o`zgartirildi: ilgari bu 140 belgidan iborat qisqa xabarlar edi, endi esa istalgan hajmdagi xabar va videoni yuklash mumkin. Bu esa qushcha logotipi, Twitter nomi va “twit” atamasini mantiqsiz qiladi.
Mask tez orada ijtimoiy tarmoqqa murakkab kommunikasiyalar va “barcha moliyaviy operasiyalardan foydalanish imkoniyatini” joriy qilishni va`da etmoqda. Shuningdek, u kelajakda hamma narsa uchun mo`ljallangan X deb nomlanuvchi qandaydir ilovani ham taqdim qilmoqchi.
Twitter rebrendingi haqida 24 iyul kuni xabar berildi. Ijtimoiy tarmoq X deb nomlana boshladi. Platforma logotipi ham o`zgardi: unda ko`k qushcha o`rniga X harfi tasvirlangan.
Mask Twitter platformasini 2022 yil oktyabr oyida sotib oldi. Bitim 44 milliard dollarni tashkil etdi. Mask ko`p o`tmay rahbariyatni o`zgartirdi va xodimlarning deyarli yarmini ishdan bo`shatdi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqdagi kontentni monetizasiya qilish boshlanganini e`lon qildi.






