AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik taksi haydovchisi yo`lovchini bir zarba bilan urib o`ldirib qo`ydi

'Rossiyada o`zbekistonlik taksi haydovchisi yo`lovchini bir zarba bilan urib o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

Rossiyada o`zbekistonlik taksi haydovchisi yo`lovchini bir zarba bilan urib, o`ldirib qo`ydi. Bu haqda Rossiyaning OAVsi xabar berdi.

Voqea shu yilning 23 iyul kuni taxminan soat 18:00 da, Leningrad viloyati Murino shahrida joylashgan Voronsovskiy bulvarida sodir bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, o`zbekistonlik 23 yoshli taksi haydovchisi va uning 42 yoshli mijozi o`rtasida janjal kelib chiqqan. Og`zaki tortishuv tezda mushtlashuvga aylanib ketgan va yo`lovchi asfaltga yiqilib, vafot etgan.
Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari o`zbekistonlikni qo`lga olib, maxsus tergov izolyatoriga joylashtirgan. Tekshiruv materiallari Vsevolojsk Tergov qo`mitasining surishtiruv bo`limiga topshirilgan. Hozirda jinoyat ishi qo`zg`atish masalasi hal qilinmoqda.

Taxminlarga ko`ra, erkak boshi bilan asfaltga urilishi oqibatida halok bo`lgan. Janjal sabablari aniqlanmagan bo`lsada, voqeaning boshqa tafsilotlari ham aytilmagan.

    Boshqa yangiliklar