Evropa Ittifoqi Nigerda isyon natijasida tuzilgan yangi hukumatni tan olmaydi. Bu haqda Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo`yicha oliy vakili Xosep Borrel ma`lum qilgan.
“Evropa Ittifoqi Nigerdagi to`ntarish natijasida shakllangan hokimiyatni tan olmaydi. Konstitusiyaviy tuzum tiklanishi kerak”, — deb yozdi u Twitter`da.
Unga ko`ra, Evropa Ittifoqi mamlakatni moliyaviy qo`llab-quvvatlash va u bilan hamkorlikni to`xtatadi.
“Nigerga byudjet yordamini zudlik bilan olib qo`yish bilan bir qatorda, xavfsizlik bo`yicha hamkorlikning barcha tadbirlari noma`lum muddatga to`xtatiladi”, - dedi Borrel.
Nigerdagi isyon 26 iyulda boshlangan edi. Prezident gvardiyasi prezident Bazum va uning oilasini qarorgohini to`sib qo`ygan.
Nigerda davlat to`ntarishiga boshchilik qilgan general Umar Tchiani o`zini o`tish davrining prezidenti deb e`lon qildi.
Bu haqda u milliy televidenie orqali bayonot berdi.






