1

Boku shahrida shaxmat bo`yicha jahon kubogi bahslari start oldi

Sport 31.07.2023, 09:15
Boku shahrida shaxmat bo`yicha jahon kubogi bahslari start oldi

Boku shahrida shaxmat bo`yicha jahon kubogi bahslari start oldi. Kecha, 30 iyul kuni 4 nafar shaxmatchimiz o`yin o`tkazdi.

Unda vakillarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Shamsiddin Vohidov - Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) 0,5:0,5

Javohir Sindarov - Deng Kipriano Rean (JAR) 1:0

Nodirbek Yakubboev - Malek Koniaxli (Misr) 1:0

Nilufar Yakubboeva - Eva Repkova (Slovakiya) 0,5:0:5

Nodirbek Abdusattorov reytingi yuqoriligi sabab, bahslarni 2-bosqichdan boshlaydi. U kecha Boku shahriga etib bordi.

Bugun 1-bosqich doirasida 2-partiya o`yinlari o`tkaziladi. Agar 2-partiya yakunlariga ko`ra g`olib aniqlanmasa, 1 avgust kuni tay-brek o`ynaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1