AsosiyDunyo

Pokistondagi qurultoyda terakt sodir etildi (video)

'Pokistondagi qurultoyda terakt sodir etildi (video)'ning rasmi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 44 kishiga etdi, deya yozmoqda Zamon.uz

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, portlash mamlakat koalision hukumati hamkorlaridan biri — Islom ulamolari jamiyati qurultoyi bo`lib o`tgan binoda sodir bo`lgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmadi. Portlash oqibatida kamida 44 kishi halok bo`ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Islom ulamolari jamiyati qurultoyida 500 dan ortiq delegatlar ishtirok etgan.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani tergov qilishni va aybdorlarni topishni buyurdi.

Mojarolar va xavfsizlikni o`rganish instituti statistik ma`lumotlariga ko`ra, yil boshidan buyon Pokistonda teraktlar soni 79 foizga oshgan. Institut ma`lumotlariga ko`ra, olti oy ichida mamlakatda 271 ta terakt sodir bo`lgan va buning oqibatda 389 kishi halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar