Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo`nalishlarini belgilab beruvchi “O`zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
“O`zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko`rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo`lib, unda 5 ta yo`nalish bo`yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko`rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro`yxati tasdiqlanmoqda.
Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida ishtirok etish mumkin:
https://regulation.gov.uz/oz/d/83808






