Fransiyaning Nigerdagi elchixonasi ushbu davlatini qamrab olgan harbiy to`ntarish vaqtida hujumga uchradi. Parij diplomatik tuzilmaga qarshi zo`ravonlikni qoraladi va reaksiya bilan tahdid qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
“Prezident Fransiya va uning manfaatlariga qaratilgan har qanday hujumga toqat qilmaydi”, — dedi Emmanuel Makron.
Bundan tashqari, Makron harbiylar tomonidan ag`darilgan Niger prezidenti Muhammad Bazum bilan telefon orqali muloqot qilgan. Fransiya rahbari davlat to`ntarishini qoralab, mamlakatda tinchlik o`rnatishga chaqirdi.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ham Nigerdagi voqealarga munosabat bildirdi. Idora mamlakatdagi to`ntarishni qoraladi va rasmiylarni xalqaro huquq talab qilganidek, Fransiya missiyasini himoya qilishga chaqirdi.






