AsosiyJamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida "svet" o`chdi

'Toshkentning ayrim hududlarida "svet" o`chdi'ning rasmi

Bugun, 1 avgust kuni poytaxtning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo`yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtinchalik o`chiriladi:

• Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

• Bektemir tumani: “Sohil” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O`z navbatida yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar