AsosiyDunyo

Eronda jazirama tufayli qo`shimcha tarzda dam olish kunlari e`lon qilindi

'Eronda jazirama tufayli qo`shimcha tarzda dam olish kunlari e`lon qilindi'ning rasmi

Eron hukumati 2—3 avgust, chorshanba va payshanba kunlarini anomal issiq havo tufayli dam olish kuni deb e`lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Eron hukumati vakili Ali Bahodoriy Jahromiyning aytishicha, chorshanba va payshanba kunlari davlat idoralari, banklar va maktablarni vaqtincha yopish qarori Eron Sog`liqni saqlash vazirligining ogohlantirishi bilan bog`liq. Avvalroq vazirlik yuqori harorat tufayli issiq urishi holatlari ko`payishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

So`nggi kunlarda Eronda havo harorati Selsiy bo`yicha o`rtacha 40 darajaga etdi. Seshanba kuni Tehronda termometr 38 darajani, Eron janubi-g`arbidagi Ahvaz shahrida esa 50 darajani ko`rsatdi.

Meteorologlarning prognozlariga ko`ra, kelasi uch kun ichida Tehronda havo harorati yana ham ko`tarilishi mumkin — Selsiy bo`yicha 39 darajagacha.

    Boshqa yangiliklar