AsosiyDunyo

Qozog`iston hibsdagi rossiyalik "xaker"ni AQShga ekstradisiya qilishdan bosh tortdi

'Qozog`iston hibsdagi rossiyalik "xaker"ni AQShga ekstradisiya qilishdan bosh tortdi'ning rasmi

Qozog`iston hukumati iyun oyida mamlakatda qo`lga olingan F.A.C.C.T.  kompaniyasi xodimi rossiyalik Nikita Kislisinni ekstradisiya qilishdan bosh tortdi.

Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Federasiyasining Olma-Otadagi bosh konsulligi konsul maslahatchisi Artem Oganov ma`lum qildi.

“Sud qarori bilan Kislisin Rossiya talabiga binoan 12 oy muddatga ekstradisiya hibsga olingan, AQShga ekstradisiya bo`lmaydi”, — dedi u.

Kislisin “vataniga qaytish niyatida ekanligi” va boshqa variantlarni, jumladan, Qozog`istondan boshpana so`rashni ham ko`rib chiqmasligini aytgan.

Nikita Kislisin Rossiyada F.A.C.C.T.da kiberhujumlarga qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo`yicha departament rahbari bo`lgan. U tovlamachilikda va qonun bilan himoyalangan kompyuter ma`lumotlariga noqonuniy kirishda ayblanib hibsga olingan.

Kislisin Qozog`istonda  AQSh tashabbusi bilan Interpol so`rovi asosida hibsga olingan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar