1

Nigina Anorboeva: “O`zim haqimdagi mish-mishlarga doim qiziqqanman”

Shou-biznes 18.10.2016, 17:18
Teglar: Shou-biznes, Aktrisa
Nigina Anorboeva: “O`zim haqimdagi mish-mishlarga doim qiziqqanman”

Sho`x-shaddod, har ishda faol aktrisa Nigina Anorboeva “Qisqa va lo`nda” loyihasining bugungi mehmoni. O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi bilan suhbatda uning ko`ngil olamiga sayr qildik...

Mavsum yangiligi.
Teatrning yangi mavsumi ochilgani sabab ayni kunlarda ish juda qizg`in. Hozir yangi "Tartyuf" spektakli ustida ishlayapmiz. Jahon adabiyotining bu durdona asaridan menga ham rol nasib etganidan xursandman. Bundan tashqari kinoda ham ijodim davom etyapti. "Meni yolg`iz qoldirma", "7-qavat" filmlarida bandman. Tez kunlarda premerasi ham bo`lib o`tadi. 

Jahlim chiqqanda.
Aslida, jahlimni chiqarish juda qiyin. Kamdan kam hollarda jahl qilishim mumkin. Lekin bunday paytda hech kimga gapirmayman, sukut saqlagan eng to`g`ri yo`l deb hisoblayman. Yana bir gap, agar jahlim chiqudek bo`lsa, o`zimga kelishim ham qiyin emas.  Mendaylarni tez “yonib” juda tez “o`chadi” deyishadi.  

Fobiya.
Mashinani tez haydashsa, vahimaga tushaman. Yana, shaharlardagi katta bannerlarning yonidan o`tishga juda qo`rqaman. Xayolimda xuddi u ustimga tushib ketadigandek tuyilaveradi. 

Stil. 
O`zimga kiyim tanlashda, avval yo`l olgan manzilimni hisobga olaman. Ishga, sayrga yoki kundalik hayotda ko`proq  qulay kiyimlarni tanlayman. Biror bir tadbir, tug`ilgan kun yoki to`ylarda esa avvalam bor borayotgan joyimga mos tarzda, chiroyli, ko`rkam ko`rinishga harakat qilaman. Bunday paytda  qulaylik o`z-o`zidan ikkinchi darajaga tushib qolishi tabiiy. 

Oila. 
Oila har bir inson uchun eng muqaddas narsa bo`lsa kerak. Unda o`zaro hurmat, muhabbat bo`lishi lozim. Kelajakda Olloh nechta farzand berishini bilmayman, ammo egizak o`g`illarning onasi bo`lishni juda istayman. Ularning kasbiga to`xtaladigan bo`lsak, niyatim farzandlarimdan biri mening kasbim davomchisi bo`lsa. Mayli, aktyor bo`lmasin. Biroq san`atning boshqa yo`nalishi bo`yicha bo`lsa ham ijod olamida yurishini orzu qilaman.  

Yoqtirmayman.
Askiya, hangomalarni yoqtirmayman. Bundan tashqari manmanlik va ikkiyuzlamachilik qilganlarni ham jinim suymaydi. Biroq har bir shaxsga hurmat bilan yondashishga o`rganganman.  Chunki har bir shaxsning o`ziga yarasha fe`l-atvori bo`ladi, buni to`g`ri qabul qilish kerak. 

Kitob. 
Mutola uchun albatta vaqt ajrataman. Qanday janrdagi kitob o`qishimni esa o`sha paytdagi kayfiyatim va vaziyatning o`zi aniqlab beradi. Misol uchun kayfiyatim bo`lmaganda engil  kitoblarni ochaman. Agar aksincha kayfiyatim a`lo darajada bo`lsa, biroz jiddiy mavzulardagi asarlarni o`qib mulohaza qilishni yoqtiraman.  Chingiz Aytmatov va Anton Pavlovich Chexovning ijodini yaxshi ko`raman.

Musiqa.
Musiqa ham odamning ruhiyati bilan bog`liq narsa. Bu borada ham tanlovni kayfiyatim va ruhiy holatimga qo`yib beraman.  O`zbek, rus, ingiliz, yapon musiqasini yaxshi ko`raman. Klasikka va jaz jonu dilim.

Tushkunlik. 
Meni bunday holatdan shoping qutqarib qoladi. Kayfiyatim bo`lmaganda, xafa bo`lganimda do`kon aylansam, o`ziga kelib olaman. Xaridlarga chalg`ib muammolarni unutish mumkin. Bundan tashqari madaniy hordiq chiqarish ham insonga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Kechirim so`rash.
Ayb qilgan insonga uzr so`rash malol kelmasligi kerak. Men ham ayb qilsam o`sha zahoti kechirim so`rayman. O`zimdan kattalardan esa hatto xato mendan o`tmagan bo`lsa-da kechirim so`rashim mumkin. 

Go`zallik siri. 
Menimcha, inson har doim hayotdan xursand bo`lib yursa, o`z-o`zidan go`zallashib boraveradi. Lekin kishi albatta o`ziga e`tiborli bo`lib, yuz parvarishini  ham unutmasligi kerak. Shu o`rinda tabiiy chiroyli bo`lishga hech narsa etmasligini alohida ta`kidlashni istayman. Bachkanalikdan qochib, ko`proq tabiiy bo`lishga harakat qilish lozim deb hisoblayman.

Mish-mishlar...
O`zim haqimdagi gaplarga doim qiziqib kelganman. Lekin ularga javob berib, vaqt ketkazmayman. Tarqaladigan yolg`on gaplardan ko`nglim g`ash bo`ladi xolos.

Aliya SULAYMANOVA

Sharhlar

Gavhar Sharipovaga haydovchi shilqimlik qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha bayonot berildi

20.11.2019, 14:21

“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinadan o`zini tashlagan” Qashqadaryo YHXB qo`shimcha bayonot berdi.2019 yil 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)

21.09.2017, 15:12

Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1