AsosiyDunyo

14 yildan beri manyakning asiri bo`lgan rossiyalik ayol qochishga muvaffaq bo`ldi

'14 yildan beri manyakning asiri bo`lgan rossiyalik ayol qochishga muvaffaq bo`ldi'ning rasmi

2009 yilning kuz faslida 1972 yilda tug`ilgan erkak 1990 yilda tug`ilgan qizni Chelyabinskdagi Smolino qishlog`idagi uyiga olib kelgan. 14 yil davomida qizni majburan ushlab turgan. Uni tashqariga chiqarmaslikgi uchun pichoq bilan qo`rqitib, eshiklarni qulflab, derazalarga panjara o`rnatgan. Qiz doimiy ravishda zo`rlangan, qattiq kaltaklangan. Ma`nan va jismonan ko`p jarohat olgan qiz hozirda ko`p narsani eslay olmaydi. 

O`g`irlaganida qiz 19 yoshda bo`lgan. U 14 yil o`tib, monyakning uyidan qochib qutulishga muvaffaq bo`lgan. 

Qizig`i shundaki, bu vaqt davomida uyda erkakning keksa onasi yashagan. Qo`shnilari ayolni g`alati ekanligini aytishgan.

"Ruhiy kasalligi kuchayganidan so`ng, erkak tibbiy muassasaga olib ketilgan, ayol esa o`zi saqlanayotgan xonadonni tark etishga muvaffaq bo`ldi", dedi RF Tergov qo`mitasining mintaqa bo`yicha tergov boshqarmasi.

Tergovchilar psixopatga tegishli xonadonni ko`zdan kechirish chog`ida omborda noma`lum ayolning jasadini ham topishgan.  Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, monyak 2010-2011 yillarda qotillik sodir etgan.

Hozirda unga nisbatan “Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 126-moddasi 2-qismi “O`g`irlash” va 105-moddasi 1-qismi “Qotillik” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Erkak huquq-tartibot idoralari xodimlari nazorati ostida ruhiy kasalliklar shifoxonasida ekanligi aytilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar