Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va uning rafiqasi Sofi 18 yillik nikohdan so`ng ajrashishlarini ma`lum qilishdi.
Kanada hukumati rahbari Instagramda xabar berganidek, er-xotin “ko`plab mazmunli va qiyin suhbatlardan so`ng” ketishga qaror qilishgan. “Har doimgidek, biz bir-birimizga hamda biz qurgan va qurishda davom etadigan barcha narsalarga chuqur muhabbat va hurmat bilan yaqin oila bo`lib qolamiz”, — deyiladi postda.
Tryudo idorasi bayonotida aytilishicha, ajrashish to`g`risidagi bitim imzolanganiga qaramay, sobiq turmush o`rtoqlar ommaviy tadbirlarda birga chiqishadi.
Jastin va Sofi Tryudo 2005 yilda turmush qurishdi. O`n yil o`tgach, Tryudo Kanada bosh vaziri bo`ldi. Er-xotinning uchta farzandi bor: 15 yoshli o`g`li Ksaver, 14 yoshli qizi Ella-Jeyms va to`qqiz yoshli o`g`li Adrian.
Tryudoning ajrashishi “og`riqli tarixiy o`xshashliklarga” ega. Jastinning otasi Per Tryudo ham 1977 yilda Kanada Bosh vaziri bo`lganida rafiqasi Margaret bilan ajrashgan. Jastin Tryudo o`shanda olti yoshda edi.






