AsosiySiyosat

Jamshid Qo`chqorov vazir bo`ldi, Sherzod Kudbiev esa Soliq qo`mitasiga qaytdi

'Jamshid Qo`chqorov vazir bo`ldi, Sherzod Kudbiev esa Soliq qo`mitasiga qaytdi'ning rasmi

 Sherzod Kudbiev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Djamshid Anvarovich Kuchkarov O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq Djamshid Kuchkarovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma`qullangan edi.

 

    Boshqa yangiliklar