AsosiyDunyo

Kosta-rikada futbolchini timsoh eb qo`ydi

'Kosta-rikada futbolchini timsoh eb qo`ydi'ning rasmi

Kosta-Rika daryosida cho`milayotgan futbolchi timsohga em bo`ldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 29 iyul kuni “Deportivo Rio Kanyas” jamoasining 29 yoshli futbolchisi Xesus Alberto Lopes salqinlanish maqsadida Guanakaste viloyatidan oqib o`tuvchi Kanyas daryosiga tushgan, shundan so`ng u bahaybat timsoh hujumiga uchragan. Futbolchining hamrohlari hech qanday yordam ko`rsata olmagan. Oqibatda Xesus Alberto voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mahalliy polisiya yirtqichni otib o`ldirgan va sportchining burdalab tashlangan jasadini suvdan chiqarib olgan.

"Timsohga em bo`lgan Xesusning 8 va 3 yoshli ikki nafar farzandi bor edi", deyiladi xabarda.

Uning oilasi jamoatchilikka dafn marosimini o`tkazish xarajatlarini qoplashga yordam so`rab murojaat qilgan. Xesus faoliyat yuritgan jamoa menejeri Luis Karlos Montes shu maqsadda maxsus xayriya tashkil qilgan. Shuningdek “Deportivo Rio Kanyas” klubi ham baxtsiz hodisa oqibatida boquvchisiz qolgan oilaga tovon puli to`lab bergan.

    Boshqa yangiliklar