1

Olimlar vabo epidemiyasining kuchayishining sababini aytishdi

Salomatlik 04.08.2023, 14:52
Olimlar vabo epidemiyasining kuchayishining sababini aytishdi

Ekspetlar kelgusida iqlim o`zgarishi va global isish tufayli dunyoda ba`zi xavfli epidemiyalar avj olishidan xavotirda. Muammoning dastlabki belgilari allaqachon namoyon bo`la boshlagan.Masalan, yog`ingarchilik va bo`ronu to`fonlar masumida vabo kasalligi avj olishi ma`lum. Dekabrdan mart oyigacha bo`lgan davr yomg`irli kunlarga boy. 

Afrikaning Malavi davlatida xuddi shu oylarda vaboga chalinish holatlari kuzatilayotgandi. Ammo vaqt o`tishi bilan epidemiologik vaziyat o`zgarmoqda.  Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Xususan, BMTning Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) vakili Gerrit Marisning qayd etishicha, o`tgan yili mart oyiga kelib bu mamlakatda endemik bo`lgan vabo epidemiyaga aylangan. Ya`ni qurg`oqchilik mavsumida vabo tarqalishi kuzatildi. Joriy yilda esa bu holat yanada kuchaygan. Fevral oyi boshida kunlik kasallanishlar soni 700 taga etdi. 

O`lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu — odatdagidan uch baravar ko`p ko`rsatkich. Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo`ldi. JSST ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilda 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi qayd etilgan. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko`rsatkichlar o`rtacha 50 foizga oshganini anglatadi. 

Shu bois olimlar iqlimning keskin o`zgarishi vaboga chalinish holatlari ortishiga sabab bo`ladi, deb xulosa qilishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1