Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi “Adolat harakati” partiyasi raisi Imron Xon korrupsiya ishi bo`yicha uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Dawn nashri xabar bermoqda.
Unga ko`ra, sud zaliga faqat advokatlar kiritilgan. Sud majlisi vaqtida bino tashqarisida qo`shimcha polisiya kuchlari navbatchilik qilgan.
Qayd etilishicha, sud Imron Xondan 100 ming rupiy jarima to`lashni ham talab qilgan.
Ma`lumot o`rnida, Imron Xon 2018 yildan 2022 yilgacha Pokiston bosh vaziri bo`lgan. 2022 yil aprel oyida u ishonchsizlik votumini oldi. Oktyabr oyida Xon saylovdan chetlashtirildi va besh yilga davlat lavozimini egallash huquqidan mahrum qilindi.






