AsosiyDunyo

Pokistondagi poezd halokati qurbonlari orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q — Elchixona

'Pokistondagi poezd halokati qurbonlari orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q — Elchixona'ning rasmi

Kecha Pokiston janubi-sharqida poezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo`ldi, yana kamida 80 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Ma`lum qilinishicha, Pokistonning Sind viloyatida, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat e`lon qilingan. Ushbu yo`nalishda poezdlar harakati to`xtatilgan.

Poezd halokati sabablari hozircha noma`lum. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor.

O`zbekiston elchixonasi xabariga ko`ra, Pokistondagi temir yo`l halokati oqibatida halok bo`lganlar va jarohatlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q. Vaziyat diplomatlar nazorati ostida.

 

    Boshqa yangiliklar