AsosiySport

O`zbekistonlik dzyudochi 12 yil ichida ilk bor "Masters" turnirida g`olib bo`ldi (video)

'O`zbekistonlik dzyudochi 12 yil ichida ilk bor "Masters" turnirida g`olib bo`ldi (video)'ning rasmi

Muzaffarbek To`raboev Masters turnirida oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Vengriyada o`tgan Masters turnirida o`zbekistonlik 23 yoshli dzyudochi Muzaffarbek To`raboev g`oliblikni qo`lga kiritdi. Musobaqani 2 karra Olimpiada va Jahon chempioni Lukash Krpalek ustidan qozonilgan g`alaba bilan boshlagan To`raboev chempionlik yo`lida Sheydi Elnaxas (Kanada), Mixael Korrel (Niderlandiya), Boyan Dosen (Serbiya) va Peter Palchik (Isroil) kabi sportchilarni engdi.

Shu tariqa O`zbekiston terma jamoasi bu yilgi turnirni 1 ta oltin va 2 ta bronza (Diyora Keldiyorova, Davlat Bobonov) medallari bilan yakunlamoqda.

Eslatib o`tamiz, so`nggi bor bu turnirda terma jamoadan oltin medalni 2011 yilda Rishod Sobirov yutgandi.

    Boshqa yangiliklar