AsosiySport

"Al-Hilol" Neymarga qiziqish bildirmoqda

'"Al-Hilol" Neymarga qiziqish bildirmoqda'ning rasmi

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi “PSJ” hujumchisi Neymarni o`z safiga qo`shib olmoqchi, deya xabar bermoqda L'Equipe nashri.

Manbaga ko`ra, klub bu xarid uchun katta mablag` sarflashga tayyor. L'Equipe avvalroq Neymar "PSJ"ni tark etib, "Barselona"ga qaytishni istayotganini ma`lum qilgandi, ammo otasi bunga qarshi "L'Equipe - bu L’Efake" deb javob berdi.

FootMercato nashri xabariga ko`ra, Saudiya klubi Neymarga 300-400 million evro maosh taklif qilgan, ammo klubning nomi xabarda aytilmagan. 31 yoshli braziliyalik futbolchi o`tgan mavsumda "PSJ" safida 29 o`yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 18 ta gol va 17 ta golli uzatma bor.

    Boshqa yangiliklar