1

Bugun Toshkentda futbol bo`yicha Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri boshlanadi

Sport 12.08.2023, 09:07
Bugun Toshkentda futbol bo`yicha Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri boshlanadi

Bugun Toshkentda futbol bo`yicha o`smirlar o`rtasida Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri (Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023) boshlanadi, deb  xabar bermoqda ”Dunyo” AA.

15 yoshgacha bo`lgan o`smirlar o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqada O`zbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA va Chernogoriya jamoalari o`zaro  bahs olib boradi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi va 1-tur uchrashuvi bugun soat 19:00 poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida o`tkaziladi. Unda O`zbekiston  va  BAA o`smirlar terma jamoalari o`zaro bellashadilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1