AsosiyJamiyat

Toshkentdagi tumanlardan birida issiq suv 5 kunga o`chiriladi

'Toshkentdagi tumanlardan birida issiq suv 5 kunga o`chiriladi'ning rasmi

21-26 avgust kunlari 2-IM qozonxonasida ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli Mirzo Ulug`bek tumanida issiq suv ta`minoti o`chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi o`zining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma`lum qildi. 

Kompaniyaga ko`ra, isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida zulfinlarni almashtirish, elektr ta`minoti tizimini tekshirish va sozlash, jihozlarni demontaj qilish va o`rnatish ishlari olib borilishi tufayli tumanning ba`zi ko`chalari 5 kun muddatga issiq suv tizimidan uzib qo`yiladi va  26 avgust, kunning birinchi yarmida qayta ulanadi.

Xabarga ko`ra, tumaning quyidagi ko`chalarida suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi: 

•  Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6, 2 mavzelari;
•  Bo`z va Feruza dahalari;
•  “Do`rmon yo`li”, “Mingbuloq”, “T. Malik”, “So`fizoda”, “Mirzo Ulug`bek”, “Sho`rtepa” ko`chalari.

    Boshqa yangiliklar