1

“Zug`ulba” qarorgohida Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi

Siyosat 22.08.2023, 21:17
“Zug`ulba” qarorgohida Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi

“Zug`ulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olishga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.

O`zbekiston etakchisi Shavkat Mirziyoev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.

Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so`ng O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1