AsosiyDunyo

Marokashdagi zilzilada halok bo`lganlar soni 1000 dan oshdi

'Marokashdagi zilzilada halok bo`lganlar soni 1000 dan oshdi'ning rasmi

9 sentyabrga o`tar kechasi Marokashda sodir bo`lgan 6,9 magnitudali zilzila qurbonlari soni 1037 kishiga etdi, yana 1204 kishi jarohat oldi, deb xabar qilmoqda Al-Arabiya telekanali Ichki ishlar vazirligi.

Eslatib o`tamiz, biroz avval Marokashda 6,9 balli kuchli zilzila sodir bo`lgani va unda 300 dan ortiq odam halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng, Marokashning markazida sodir bo`lgan zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 632 kishiga etgani, 329 kishi esa jarohatlangani haqida xabar qildik.

Aholining xabar berishicha, YuNESKO'ning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan eski shaharda ham uylar qulagan. Mahalliy televidenie masjid vayron bo`lganini va mashinalar majaqlanib ketganini ko`rsatdi. Qutqaruv xizmatlari vayronalarni tozalashda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar