1

Akbar Jo`raev yana jahon chempioni bo`ldi

Sport 17.09.2023, 10:44
Akbar Jo`raev yana jahon chempioni bo`ldi

Og`ir atletika bo`yicha jahon chempionatining -109 kg vazn toifasida supacha chiqqan ikki o`zbekistonlik Akbar Jo`raev va Ruslan Nuriddinov ikki kurash natijalariga ko`ra, oltin va kumush medallarni qo`lga kiritdi.

Sportchimiz dast ko`tarishda 189 kg tosh ko`tarib, raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirib, oltin medalga ega chiqqan bo`lsa, siltab ko`tarishda 226 natija bilan kumush medalga ega chiqdi. Ammo asosiy bo`lgan umumiy natijalarga ko`ra, 415 kg natija bilan oltin medalni qo`lga kiritdi va jahon chempioni degan nomga sazovor bo`ldi.

Ruslan esa dast ko`tarishda 180 kg (medalsiz), siltab ko`tarishda 227 kg (oltin medal) umumiy hisobda 407 kg natija bilan jahon chempionatining kumush medalini qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1