1

Bugun "OKMK" jamoasi Saudiya Arabistoning "Al Ittihod" jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Sport 18.09.2023, 15:44
Bugun "OKMK" jamoasi Saudiya Arabistoning "Al Ittihod" jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Ilk bor yangi formatda o`tkazilayotgan Osiyo Chempionlar ligasining 2023/24 mavsumida O`zbekistonning to`rtta: "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor" va "OKMK" jamoalari ishtirok etmoqda.  

"OKMK"ga guruh bosiqichi doirasida Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod", Eronning "Sepahon" va Iroqning "Eyr-Fors" jamoalari raqiblik qiladi.

Bugun OChL guruh bosqichi, 1-tur doirasida OKMK Jiddada Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi "mehmoni" bo`ladi.

"Al Ittihod" jamoasi 1928 yilda tashkil topgan. "Yo`lbars"lar 9 karra mamlakat chempioni, 7 karra Valiahd Shahzoda kubogi, 3 karra Saudiya Arabistoni kubogi va 2 karra Osiyo Chempionlar ligasi g`olibi sanaladi.

Jamoa ayni damda ichki chempionat bahslarida 6 o`yindan so`ng 15 ochko bilan 2-o`rinda ketmoqda. Hozirda «Al Ittihod» jamoasini Portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santu bashqaradi. Tarkibda Karim Benzema (Fransiya), Ngolo Kante (Fransiya), Fabinyo (Braziliya), Luiz Felipe (Italiya), Abdurazzoq Hamdalla (Marokash) kabi nomdor futbolchilar to`p surmoqda.

Ayni dam "OKMK" jamoasini boshqarayotgan Mirjalol Qosimov esa nafaqat futbolchi balki, murabbiylik sifatida ham tarix yaratishga ulgurgan mutaxassislardan hisoblanadi. Qosimov, "Bunyodkor" jamoasi bilan ikki bor Osiyo Chempionlar ligasi yarim finaliga etib borgan bo`lsa, OKMK klubini ikki bor OChL guruh bosqichiga olib chiqqan. Qosimov shuningdek, o`z vaqtida ertangi raqibimiz — "Al Ittihod" klubini mag`lubiyatga uchratgan sanoqli murabbiylardan biri hisoblanadi. Shuningdek Mirjalol Qosimov O`zbekistonning 6 karra chempioni (futbolchi va murabbiy sifatida), 1998 yilgi mavsumning eng yaxshi to`purari, 2 bor Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan ilk o`zbekistonlik mutaxassis.

"Al Ittihod" — OKMK uchrashuvi 18-sentyabr kuni Jiddadagi "Shahzoda Abdulloh Al-Faysal" stadionida mahalliy vaqt bilan 19:00da, Toshkent vaqti bilan esa 21:00da start oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1