1

Gulistonda ota o`g`liga, Zarafshonda uka o`z akasiga bir buyragini berdi

Salomatlik 18.09.2023, 18:40
Gulistonda ota o`g`liga, Zarafshonda uka o`z akasiga bir buyragini berdi

Guliston tibbiyot klasterida bajarilgan mazkur amaliyot akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo`limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi A.Ahmedov, mazkur muassasa vrach-xirurgi O.Toirov hamda xirurg-transplantolog Sh.Toshmamatov boshchiligidagi mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qariyb to`rt soat davom etgan operasiya muvaffaqiyatli o`tdi. Oleg Kimga otasi Arkadiy Kim donorlik qildi.

Hozir bemorning ham, donorning ham salomatligi yaxshi. Ularda tegishli standartlar asosida tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda. Jarrohlik amaliyoti bilan bog`liq xarajatlar esa Davlat tibbiy sug`urtasi jamg`armasi tomonidan qoplab berildi.

Shuningdek, bunday amaliyotlarning navbatdagisi Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining etakchi mutaxassislari hamda mahalliy shifokorlar hamkorligida o`tkazildi.

5 soat davom etgan tibbiy amaliyot davomida Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi 37 yoshli Zarifjon Isoqov o`z akasi, 44 yoshli Salohiddin Isoqovga bir buyragini berdi. 

Ayni paytda aka-ukalarning salomatligi yaxshi. Ular shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1