AsosiySUG'DIYONA
7771

Ayol organizmi har 7 oyda yangilanadi!

Har 7 oyda tana hujayralari yangilanadi. Inson tanasida turli modda almashinuvi jarayoni yuz beradi. Ulardan bittasi izdan chiqsa ham salomatlikka ta`sir ko`rsatadi. Tana haroratining tushishi, ko`tarilishi, ko`p chanqash, vazn ortishi kabi asoratlar modda almashinuvi buzilganidan darak beradi. Buning oldini olish uchun tanada modda almashishi bilan tanishib chiqamiz.

Gaz almashinuvi

Bu moddalarning qonga tushib, to xiltga aylanishiga qadar bo`lgan vaqtda sodir bo`ladi. Moddalar qonga tushadi, chiqindilar esa turli yo`llar bilan ichak, buyrak, teri va ba`zi hollarda esa hatto nafas yo`li orqali chiqib ketadi.

Asoratlar: og`izdan qo`lansa hid anqisa, bu tanada turli xilt (shlak)lar yig`ilganidan dalolat beradi.

Maslahat: modda almashinuvini qiyinlashtiruvchi axlatni tozalashning shunday yo`li bor. 10 kun davomida har kuni 0,5 gr askorbin kislota (S vitamini) iching va ovqatdan so`ng kuniga 2‑3 marta yarim stakan asal qo`shilgan na`matak, rayhon damlamasi iching. Kun davomida ko`proq toza suv iching.

 

Oqsil almashinuvi

Oqsil — tanamiz qurilish tizimining muhim omili. Oqsillar turli aminokislotalardan tarkib topgan va tanaga go`sht, tuxum, tvorog, sut bilan tushadi.

Asorat: kamharakatlilik tanada oqsil almashinuvi buzilishiga olib keladi. Mushaklar o`rnini yog` to`qimalari egallaydi. Mushak to`qimalari bilan birgalikda teri cho`ziluvchanligini saqlovchi kollagen va elastin ham vayron bo`la boshlaydi. O`pkani kislorod bilan to`yintiruvchi gemoglobin miqdori tushib ketadi.

Maslahat: kuniga 100‑150 gr. tvorog, 2‑3 kunda bir marta tuxum iste`mol qiling. Bu tanadagi aminokislotalar zahirasini to`ldirishga yordam beradi.

Ko`proq piyoda yuring. Kamharakatlilikni tana o`z‑o`zini yo`q qilishga signal sifatida qabul qiladi.

 

Uglevod almashinuvi

Uglevodlar evaziga tana quvvat oladi.

Asorat: qondagi qand miqdorini tekshirib turing. Tez-tez chanqoq his qilish, suv ko`p ichganda ham chanqoq bosilmasligi — qonda glyukoza miqdori ortib ketganidan dalolat. Tezda ochlik va kuchsizlikni his qilsangiz, qonda qand miqdori tushib ketgan. Bu asoratlar qandli diabet kasalligida uchraydi.

Maslahat: shirinlik iste`molini kamaytiring. Shirinlik egach, ko`k choy iching. Choy uglevodlarning so`rilishini sekinlashtiradi.

 

Yog`lar almashinuvi

O`zingizda quvvatsizlik sezsangiz, og`iz va tanadan qo`lansa aseton hidi kelsa, bilingki, tanada yog` almashinuvi buzilgan.

Asorat: vaqti-vaqti bilan tanadagi yog` miqdorini tekshirib turing. Har 10 yilda modda almashinuvi 2 foizga kamayib, tana vazni 2 kg. osha boshlaydi. Ayol tanasida 22 % yog` to`qimalariga ega bo`lish normal hisoblanadi.

Maslahat: yog`lar erishi uchun ko`proq harakatda bo`ling, yog`siz mahsulotlar iste`mol qiling. 

Boshqa yangiliklar