1

O`zbekistonlik futbolchilar FIFA reytingida bir pog`ona pastladi

Sport 22.09.2023, 13:45
O`zbekistonlik futbolchilar FIFA reytingida bir pog`ona pastladi

Sentyabr oyidagi natijalarga ko`ra, O`zbekiston milliy jamoasi reytingda 75-o`rinni egallagan. Srechko Katanes shogirdlari avvalgi oyga nisbatan bir pog`ona pastladi. Vakillarimizning Osiyo qit`asidagi o`rni esa o`zgarmagan – 10-o`rin.

FIFA reytingida ham o`nlik o`zgarmadi. Argentina milliy jamoasi 1-o`rinda bormoqda, Fransiya 2-o`rin, Braziliya 3-o`rindan joy olgan. Faqatgina Italiya Portugaliya bilan o`rin almashgan.

Osiyo jamoalari orasida esa Yaponiya reytingda 19-o`ringa ko`tarilib, peshqadam sanaladi. Shuningdek, qit`ada top-10 likdan Eron (21), Janubiy Koreya (26), Avstraliya (27), Saudiya Arabistoni (57), Qatar (61), Iroq (70), BAA (70), Ummon (73) va O`zbekiston (75) joy olgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy jamoasi 10 sentyabr kuni AQShga 0:3 hisobida mag`lub bo`ldi, 13 sentyabrda esa KONKAKAF chempioni Meksika milliy jamoasi bilan durang (3:3) qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1