1

"Barselona" klubining faoliyati to`xtatilishi mumkin

Sport 29.09.2023, 12:47
"Barselona" klubining faoliyati to`xtatilishi mumkin

28 sentyabr kuni Kataloniyaning "Barselona" klubiga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi hakamlar qo`mitasining sobiq vise-prezidenti Xose Negreira ishida rasman poraxo`rlik ayblovi qo`yildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi

"The Telegraph" nashri xabariga ko`ra, bu hatto «Barselona» klubining dunyo futbolidan yo`qolib ketish darajasiga ham olib kelishi mumkin.

"Agar klub aybdor deb topilsa, jinoyatchilar 3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. "Barselona"ning o`zi professional futbol klubi sifatida faoliyat yuritishdan to`xtatilishi mumkin, bu esa katta ehtimol bilan 124 yoshli klubning bankrot bo`lishiga olib keladi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq Kataloniya klubi o`ziga nisbatan boshlangan sud tergovi haqida rasmiy xabar olmagani va hozircha jamoatchilikka bayonot bermasligi haqida xabar berilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1