1

“Xanchjou-2022”: O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi saudlar ustidan g`alaba qozonib, yarim finalga yo`l oldi

Sport 01.10.2023, 17:36
“Xanchjou-2022”: O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi saudlar ustidan g`alaba qozonib, yarim finalga yo`l oldi

Futbol bo`yicha Osiyo o`yinlari doirasida O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi 1-oktyabr, yakshanba kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Saidazamat Mirsaidov ajoyib kombinasiyani golga aylantirdi va hisobni ochdi. 44-daqiqada esa Vladimir Nazarovning uzatmasidan so`ng Alisher Odilov uzoqdan ochiq darvozani aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo`limda saudiyaliklar hisobni qisqartirdi. 65-daqiqada Muhammad Marran o`z hisobiga gol yozdirib qo`ydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg`ol etilmadi va O`zbekiston OTJ g`alaba qozondi.

Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari yarim final yo`llanmasiga ega chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1