AsosiyJamiyat

Ipoteka krediti bo`yicha subsidiya berish boshlandi

'Ipoteka krediti bo`yicha subsidiya berish boshlandi'ning rasmi

Subsidiya daromadi yuqori bo`lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.

Hujjatga ko`ra,

  • qishloqlarda mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming so`m) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 so`mgacha);
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so`m) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming so`mgacha);
  • Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so`m) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 so`mgacha) bo`lgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya e`tirof etiladi.

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi

Fuqarolar ipoteka kreditlari bo`yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

Murojaatchi my.gov.uz portalining «Mening arizalarim» bo`limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so`ng javobda ko`rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiyalar bir oilaga (oila a`zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

    Boshqa yangiliklar