AsosiyJamiyat

Akademik, fizik olim Nazar To`raev 85 yoshida vafot etdi

'Akademik, fizik olim Nazar To`raev 85 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 3 oktyabr kuni taniqli fizik olim To`raev Nazar Yo`ldoshevich 85 yoshida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Olim O`zbekiston fizikasi rivojiga ulkan hissa qo`shib, uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xo`jaligi ekinlari urug`larini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan.

Shuningdek, olim fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab echishni O`zbekistonda birinchi bo`lib amalga oshirgan.

O`zbekiston Fanlar akademiyasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar