O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023 yil 28 sentyabrda mahalla darajasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko`rsatishning yangi tizimi joriy etishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Jumladan, joriy yilning 15 oktyabridanboshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining faoliyati 28 ta tuman vashaharlarda eksperiment tariqasida ishga tushiriladi.
Beruniy, Xo`jayli, Xo`jaobod, Qorako`l, Peshku, Baxmal, G`allaorol, Qarshi, Dehqonobod, Konimex, Kosonsoy, Chust, Paxtachi, Uzun, Xovos, Yangiyo`l, Toshkent, Dang`ara, Urganch, Yangibozor, Olmazor va Mirzo Ulug`bek tumanlari hamda Andijon, Navoiy, Kattaqo`rg`on, Termiz va Guliston shaharlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlarining faoliyati yo`lga qo`yilishi ko`zda tutilmoqda.
Mazkur 28 ta tuman va shaharlarning 1 351 ta mahallasiga 698 nafar ijtimoiy xodimlar biriktiriladi. Ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamlarning ko`rsatiladi.
Alohida qayd etish kerakki, mahalla darajasida manzilli va tezkor ijtimoiy xizmat va yordamlar ko`rsatilishi tizimning eng muhim jihati hisoblanadi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlarining asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilab berilgan bo`lib, ular qatoriga:
og`ir ahvolga tushib qolgan va og`ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo`lgan shaxslar va oilalarga (keyingi o`rinlarda – ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi) bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko`rsatish rejalarini ishlab chiqish;
individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning ko`rsatilishini tashkil qilish, shuningdek, zarur hollarda individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli tuzatishlar kiritib borish va boshqalar kiritilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida:
o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz yashovchi yoki yolg`iz keksa va nogironligi bo`lgan shaxs deb e`tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek, yolg`iz keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar ro`yxatiga kiritish (undan chiqarish) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo`lgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha ro`yxatdan o`tkazish huquqi beriladi.
Muhimi, deyarli barcha jarayonlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi alohida elektron modulda (e-case) amalga oshiriladi.
Bunda, aniqlangan muammolarni onlayn tarzda ko`rib chiqish tizimi ham yaratiladi. Ijtimoiy xodimlar faoliyatining yana bir o`ziga xosligi mahallalarda planshetlar orqali arizalarni onlayn tarzda qabul qiladi.
Bunday holatlar, sohaga zamonaviy texnologiyaning kirib kelganini anglatadi. Bundan tashqari, ijtimoiy xodimlar ijtimoiy yordamga muhtoj shaxsning yashash manziliga borgan holda ko`rsatadi.
O`z navbatida, ijtimoiy xodimlar tomonidan muhtoj shaxsning real ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mavjud holatga baho bergan holda individual xizmatlar ko`rsatish rejasini tuzadi.
Ushbu reja, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va shaxslarning baholash orqali ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish rejasi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki oilaga xizmatlar va yordamlar ko`rsatilishining dastlabki bosqichidan tugallanishigacha bo`lgan jarayonni qamrab oladi.
Davlat rahbari tomonidan belgilab berilayotgan chora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs va oilalarni jamiyatda ijtimoiylashuviga, ularni davlat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlar bilan ta`minlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga xizmat va yordamlar ko`rsatishning tezkorligini ta`minlash va jarayonga inson omili aralashishining oldini olish maqsadida, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallarida “Ijtimoiy xizmat darchalari” faoliyatini to`liq tashkil etiladi.
Buning natijasida:
1. Ijtimoiy himoya bilan bog`liq masalalar mahalla darajasida echim topadi;
2. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarihamda ijtimoiy xodimlar orqali fuqarolarga tezkorlik bilan ijtimoiy xizmatlar ko`rsatiladi;
3. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qamrab olish darajasi oshiriladi.
Nazarov Farid Farxadovich,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi boshlig`i