AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoevning Rossiyadagi birinchi manzili Qozon shahri bo`ldi

'Shavkat Mirziyoevning Rossiyadagi birinchi manzili Qozon shahri bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmtai xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Abdulla To`qay nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o`rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo`lib o`tadi.

Ertaga, 6 oktyabr kuni, Moskvada bo`lib o`tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat etakchilari O`zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar