AsosiyJamiyat

Toshkentda chuqurlik qaziyotgan ishchilarni tuproq bosib qoldi (video)

'Toshkentda chuqurlik qaziyotgan ishchilarni tuproq bosib qoldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar Uchtepa tumanida quvur uchun chuqurlik qazish vaqtida ishchilarni tuproq bosib qolgani haqida xabarlar va video tarqaldi. 

FVV holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 11 oktyabr kuni soat 14:21 da Uchtepa tumani Beshqayrag`och ko`chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo`ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o`pirilish sodir bo`lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa joyiga zudlik bilan etib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadi 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar