AsosiyJamiyat

Ichki sayyohlar soni o`tgan yilga qaraganda 2 barobarga o`sdi - prezident

'Ichki sayyohlar soni o`tgan yilga qaraganda 2 barobarga o`sdi - prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to`liq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish bo`yicha yig`ilish boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda har bir davlat turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini ko`rsatib o`tdi. Biz ham bunday keskin raqobat sharoitiga mos bo`lib ishlashimiz shartligi qayd etildi.

O`tgan 8 oyda:

- yurtimizga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum bo`ldi;

- 15 mingta yangi mehmon o`rinlari yaratilib, ularning soni 137 mingtaga etdi;

- 540 ta dam olish va ko`ngilochar maskan barpo etildi, 70 ta turizm marshruti ochildi.

Shuningdek, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi, yangi 23 ta samolyot olib kelindi, 20 ta xalqaro va 6 ta ichki qatnov yo`lga qo`yildi, Samarqand aeroportida haftalik xalqaro reyslar 46 tadan 85 taga ko`paydi, 1 ming 300 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, 38 ta marshrut ochildi.

Qo`shimcha dam olish kunlari va chegirma berilgani hisobiga ichki sayyohlar soni 15 million nafarni tashkil qilib, o`tgan yilga qaraganda 2 barobarga o`sdi. 

    Boshqa yangiliklar