AsosiySport

Krishtianu Ronaldu Eronga borsa 99 darra urilishi mumkin

'Krishtianu Ronaldu Eronga borsa 99 darra urilishi mumkin'ning rasmi

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to`p tepayotgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Eron qonunchiligini buzgani uchun 99 darra urilishi mumkin. Bu haqda "Kommersant.ru" xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Krishtianu Ronaldu 19 sentyabr kuni jamoasi bilan Eronga bordi. U Osiyo Chempionlar Ligasidan o`rin olgan "Persepolis"ga qarshi o`yindan oldin Tehronda muxlislar bilan uchrashdi va Fotima ismli nogiron rassom qizni quchoqlab, o`pdi.

Nashrning yozishicha, Eron Jinoyat Kodeksiga ko`ra, futbolchining qilmishini "turmushga chiqmagan shaxs tomonidan sodir etilgan zino" deb talqin qilish mumkin. Ammo, Krishtianu Ronalduga nisbatan rasman ish ochilgani yo`q.

Shu bilan birga, Index.hr nashri manbasiga ko`ra, futbolchini jazolash qarori sirtdan qabul qilingan va kelajakda Ronaldu Eronga qaytadigan bo`lsa, 99 darra bilan jazolanishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar