1

«Erim va jazmani azob beryapti»

SUG'DIYONA 27.10.2016, 10:30
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
«Erim va jazmani azob beryapti»

─ Tirikchilik tashvishlarida erim bilan birga o`zimni savdoga urdim. Hayotimiz iziga tusha boshlaganida xo`jaynim menga xiyonat qila boshlaganini bildim. O`zidan ancha yosh va betarbiya ayolni nikohlab olibdi. Bu ham etmagandek, ikkovlashib menga ruhiy azob bermoqda. O`sha ayolga qo`ng`iroq qilib oilamni tinch qo`yishini so`raganimda, erimga meni gij-gijlab, urishtirb qo`ymoqda. Bir kuni erim meni birga ovqatlanishga taklif qildi. O`tirganimizda o`sha ayol qo`ng`iroq qilib, haqoratlay ketdi. Kamiga erimdan ham gap eshitib oldim. Keyin bilsam, ikkovlari kelishib olib, buni atayin uyushtirishgan ekan. Ularning zulmidan qanday qutilishim mumkin?

Mukammal, 33 yosh, Samarqand viloyati

 

Ruhshunos: — Ayol xiyonatdan xabar topganida oilaning kelgusi taqdiri unga bog`liq bo`lib qoladi. Barcha munosabatlarga nuqta qo`yishi yoki ularning yangi bosqichiga ko`tarilishiga imkon yaratishi mumkin. Agar siz turmush o`rtog`ingizning qilgan aybini yuziga solsangiz yoki doimiy ravishda xatosini eslatib tursangiz, vaziyat aslo yumshamaydi. Jangda g`oliblar bo`lmaydi, har ikki taraf ham talofatga uchraydi. Ayol o`ziga ishonchi susaygan paytlardagina haqoratlashlariga, ustidan kulishlariga yo`l qo`yib beradi. Bunday holatda o`zini xurmat qilishga va qadrini saqlashga qodir bo`lmay qoladi. Shunda atrofdagilar ham bunday o`tkinchi holatingizdan foydalanishadi. O`zingizga ishonishni, qadrlashni o`rganing, shundagina atrofdagilar ham munosabatini o`zgartiradi.

Maryam Ixtiyorova: — Qo`liga ozgina pul tushgan erkak bosar-tusarini bilmay qolishini ko`p kuzatganman. Eringiz sizga nisbatan pastkashlik qilibdi, irodani qo`lga olib, ayollik g`ururingizni, izzat-nafsingizni yuqori qo`yishni o`rganing. Shu alpozda “it xurar, karvon o`tar” maqoli yodimga tushdi. Ularning gap-so`ziga e`tibor bermaslikni o`rganing. Albatta, bu oson kechmaydi, biroq siz buning uddasidan chiqolsangiz, kelajakda farovon oilaning bekasiga aylanasiz. Bu ham Olloh tomonidan berilgan bir sinov. Sabr qilsangiz, mukofoti ham vaqti-soati bilan beriladi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1