1

Turkiy dunyo davlatlarida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi keng nishonlanadi

Madaniyat 15.10.2023, 18:45
Turkiy dunyo davlatlarida Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi keng nishonlanadi

Ozarbayjonning Shusha shahrida bo`lib o`tayotgan 40-TURKSOY doimiy Kengashining yig`ilishi doirasidagi navbatdagi muhokamada qator masalalar ko`rib chiqildi.

Dastlab, TURKSOY xalqaro tashkilotining 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Shundan so`ng, “TURKSOY nazari” loyihasi ko`rib chiqilib, shu asosda kelgusida turkiy dunyo madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar va tashkilotda ish hajmining oshayotgani, hamkorlik doirasining kengayayotgani hisobga olinib, tuzilma tarkibini kengaytirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusi o`n yillikka mo`ljallangan “Yoshlar strategiyasi” doirasida TURKSOYga a`zo davlatlar ijodkor yoshlarini har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar almashildi. Bundan tashqari, 2025-yildan boshlab “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti” maqomini alifbo bo`yicha berish masalasi ko`rib chiqilib, bir ovozdan ma`qullandi. E`tiborlisi, turkiy dunyo davlatlari o`rtasida tarixiy shaxslarni xotirlash, xususan, joriy yilda Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligini keng nishonlashga oid tadbirlar rejasi belgilandi.

Shu bilan birga turkiy xalqlarning moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro`yxatini tuzish bo`yicha ishchi komissiya tashkil qilishga kelishib olindi.

Shuning bilan ikki kun davomida TURKSOYga a`zo mamlakatlar madaniyat vakillari ishtirokidagi muhokamalar o`z nihoyasiga etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1