1

O`zbekiston boks federasiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi

Sport 16.10.2023, 13:27
O`zbekiston boks federasiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi

Tailandning Bangkok shahrida 15 oktyabr kuni Osiyo boks konfederasiyasining navbatdagi tashqari kongressi bo`lib o`tdi.

Ushbu Kongressda kun tartibi bo`yicha Osiyo boksi atrofidagi turli masalalar ko`rib chiqilishi bilan birgalikda, 2022 yilda Osiyo mintaqasida bo`lib o`tgan barcha musobaqalar hisobotlari taqdim etildi.

O`zbekiston boks federasiyasi o`tgan 2022 yil hisobidan medallar jamg`arish bo`yicha Osiyo qit`asining “Yil federasiyasi” deya tan olindi va Osiyo boks konfederasiyasi tomonidan maxsus mukofoti topshirildi. 

Ushbu mukofotni O`zbekiston boks federasiyasi raisi maslahatchisi Malik Babaev qabul qilib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1