AsosiySUG'DIYONA
5285

Homiladorlar uchun yoga

Yoga homiladorlarning tonusini va o`ziga bo`lgan ishonchini oshiradi va tug`ruqni osonlashtiradi.

  1. Bolishga o`tirib, oyoqlarni chalishtiring. Qo`l barmoqlarni ham birlashtirib, qo`lni yuqoriga ko`taring. Bo`yinni imkon qadar erkin qo`yib, boshni qorin tomon eging. Nafas oling, nafas chiqarish bilan birga qo`llarni ham tushiring. Qo`llar va oyoqlarning holatini o`zgartirib, mashqni yana takrorlang.
  2. Boshingizni bolishga qo`ying. Oyoq kaftini birlashtirib, o`zingizga tomon torting. Ammo tizza erdan ko`tarilmasin. O`zingizni bo`sh qo`ying va 5 daqiqa shu holatda orom oling.
  3. Devorga yaqinroq o`tiring. Tovonlarni birlashtirib, o`zingizga torting. Tizzalar bilan erga tegishga harakat qiling. 1 daqiqadan so`ng o`zingizni bo`sh qo`ysangiz bo`ladi.
  4. Erdan baland yuzaga o`tirib, tovonlarni suratdagidek joylashtiring. Tizzalarni ochib, orqa tomondan qo`llaringizni birlashtirishga harakat qiling. O`ng qo`l chapining ustida bo`lishi lozim. Shu holatda biroz engil nafas olib, qo`llar o`rnini almashtiring.
  5. Bolishni devor yaqiniga qo`yib, ustiga yoting va oyoqlarni asta yuqoriga ko`taring. Ko`zlarni yumib, asta nafas oling. Bir necha daqiqa shunday yotgach, dastlabki holatga qayting. So`ng yonboshlab yana bir daqiqa engil nafas oling.

Erga ko`rpacha yozib yoting va boshingizga yostiq, tizza tagiga esa bolish qo`ying. 5-10 daqiqa ko`zlaringizni yumib, o`zingizni bo`sh qo`ying. So`ng tizzalarni bukib, yonboshlang. Bir daqiqadan so`ng asta o`tiring.  

Boshqa yangiliklar