AsosiyJamiyat

O`zbekistonda poezd xodimiga pora berdim — turk sayyohi (video)

'O`zbekistonda poezd xodimiga pora berdim — turk sayyohi (video)'ning rasmi

O`zbekistonga Turkiyadan kelgan sayyoh Toshkent—Andijon poezdida 100 ming so`m pora evaziga joyini o`zgartirganini aytib, tarmoqqa video yuklagan.

Pora evaziga joyini o`zgartirgan sayyoh umrimda birinchi marta pora berganini, bundan o`zi ham g`alati bo`lganini aytmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq  “Afrosiyob”da 10 dollarga sotib olingan biletini ichkarida yana 15 dollar to`lab, o`z joyini ekonom klassdan biznes klassga o`zgartirgan sayyoh videosi tarqalgandi va bunday xatoga yo`l qo`ygan mas`ul ishdan olingani ma`lum qilingandi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar