Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen televideniega bergan intervyusida “Oltin to`p” egasi Karim Benzemaning terror tashkiloti bilan aloqasi borligini aytdi.
Yaqinda Karim Benzema o`zining Instagram sahifasida G`azo sektoridagi barcha portlashlarni to`xtatishni qo`llab-quvvatlab, bolalar va ayollarni har qanday zarardan himoya qilishni talab qilgandi.
Bundan oldin, Fransiyaning o`ta o`ng qanot siyosatchilari Karim Benzemani Saudiya milliy libosini kiygani uchun "islomchi"likda ayblagan edi.
19.10.2023 13:35
Fransiya IIV G`azoga hujumni to`xtatishga chaqirgan Benzemani terrorchiga chiqardi
