AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik frilanserlar qaysi sohalarda ko`proq ishlashi ma`lum qilindi

'O`zbekistonlik frilanserlar qaysi sohalarda ko`proq ishlashi ma`lum qilindi'ning rasmi

So`nggi yillarda IT sohasini tizimli rivojlantirish va yoshlar orasida ommalashtirish yo`llida mamlakatimizda amalga oshirilgan qator chora-tadbirlar o`zining muhim natijalarini berishni boshlamoqda.

Jumladan, mutaxasislar fikricha, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bozorida frilans xizmatlariga talab kun sayin ortishi fonida, o`zbekistonliklar orasida ham keyingi paytlarda masofadan turib noutbukda ishlash ommalashdi. O`zbekistonda frilanser sifatida o`z xizmatlarini taklif qiladigan mutaxassislar qatorida – IT mutaxassislari va dasturchilar.

Ma`lumot uchun: Frilans so`zi inglizcha freelance dan olingan bo`lib, free – erkin, lance – nayzalini anglatadi va bu ibora XIX asrning boshlaridan ishlatilib kelingan.

Aytish mumkinki, Frilans faoliyati xususiy amaliyot bo`lib, tashkilot va kompaniyalardan tashqari, mustaqil ishlashni anglatadi. Ushbu faoliyat bilan shug`ullanuvchi aksariyat fuqarolar ishni o`zi topadi va buning uchun ma`lum mablag` orttiradi.

Odatda frilanserlar – bu Internetda ish bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar: sayt dizaynerlari, kontent-menejerlar, SEO-optimizatorlar va boshqalar. Biroq shtatga rasmiylashririlmagan buxgalter, yurist yoki xodimlar bo`limi mutaxassisi ham xuddi o`sha frilanserlardir.

2016 yilda O`zbekistonda masofadan turib o`zini o`zi band qilish amaliyoti yo`q edi. Oxirgi 7 yilda respublikamiz bo`ylab 197 ta masofadan xizmatlar ko`rsatuvchi – BPO korxonalar tashkil etildi (biznes jarayonlarida autsorsing – BPO) va 3700 dan ortiq yoshlar ish bilan ta`minlandi.

Ma`lumot uchun: BPO biznes jarayonini boshqarish va optimallashtirish uchun ma`suliyatni o`z zimmasiga oluvchi xizmat turi hisoblanadi. Misol uchun: AQSh logistika bozorida o`z o`rniga ega bo`lgan O`zbekistondagi logistika dispetcherlik, koll-markazlari, moliya sohasidagi konsalting xizmatlari va shu kabilar kiradi.

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tahliliga ko`ra 2022 yilda AKT sohasida o`zini o`zi band qilganlar soni 42 mingdan oshdi.

Bundan tashqari, O`zbekistonlik frilanserlarning 
9 ta yirik xorijiy frilanserlik platformalaridan, jumladan “Upwork”, “Om.cn” “Fiverr”, “Toptal”, “Envato”, “Freelancer.com”, “3ddd.ru”, “Cgtrader”, “TurboSquid”larda ishlab topgan daromadlari jami 11,8 million dollardan ortdi.

Ma`lumot uchun: Hozirda ushbu platformalarda dasturchi (frontend, backend, mobil va veb yo`nalishlarida), dizayner (3D, veb hamda UX,UI yo`nalishlarida), tarjimon, video tahrirchi va boshqa shu kabi sohalarga bo`lgan talab yuqori bo`lib, O`zbekistonlik frilanserlar o`rtacha:

Dasturchilar – soatiga $15-30, oyiga $1500;

Dizaynerlar – soatiga $15-35, oyiga $2000;

Tarjimonlar – soatiga $5-10, oyiga $500;

Video tahrirchilar – soatiga $15-35, oyiga $2000 miqdorida daromad topishmoqda.

Shuningdek, hozirda ma`lumotlar tahlilchisi(dataanalyst) mutaxassislariga bo`lgan talab kundan kunga ortib bormoqda

Ushbu raqamlarni hududlar kesimida ko`radigan bo`lsak:

•​Toshkent shahrida – 11,1 mln.;

•​Andijon viloyatida – 151 ming;

•​Toshkent viloyatida – 129 ming;

•​Samarqand viloyatida – 25 ming;

•​Namangan viloyatida – 104 ming;

•​Surxondaryo viloyatida – 56 ming

•​Farg`ona viloyatida – 40 ming;

•​Qashqadaryo viloyatida – 25 ming;

•​Xorazm viloyatida – 19 ming;

•​Buxoro viloyatida – 11 ming;

•​Naoviy viloyatida – 21 ming;

•​Qoraqalpog`iston Respublikasida – 0,765 ming;

•​Jizzax viloyatida – 0,319 ming.

Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan 2022-yil iyun oyidan boshlab mamlakatimizda frilans, IT sohasida xizmat eksportini va o`zini o`zi band qilgan insonlar sonini oshirish, ishsizlik sonini kamaytirish hamda Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan talabalar, yoshlar hamda mamlakatimiz fuqarolari orasida frilanserlik sohasini keng targ`ib qilish maqsadida 50 dan ortiq muvaffaqiyatga erishgan frilanserni jalb qilgan holda “Frilanserlikka ilk qadam” va “Frilanserlik bu kelajak kasbi” mavzularida 19 ta OTM va yoshlar markazlari bilan hamkorlikda forumlar o`tkazilib, unda umumiy 5000 ga yaqin talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, Markaz tomonidan ishga tushirilgan informasion “myfreelance.uz” veb-sayti yoshlar o`rtasida ko`plab qizikishga sabab bo`lib, ushbu saytda o`zbek hamda rus tillarida Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” (ITSM) bilan hamkorlikda frilanserlik faoliyati qanday qilib boshlash hamda insonlarni IT sohasida ko`nikmalarni oshirish maqsadida:350 ga yaqin video kurslar; 70 ga yaqin maqolalar; 50 ga yaqin ko`rsatmalar; 60 ga yaqin layfhaklar joylashtirildi va kundan kunga yuqorida sanab o`tilgan video kurslar soni ko`payib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar