AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev noyabr oyining boshida Qozog`istonga boradi

'Shavkat Mirziyoev noyabr oyining boshida Qozog`istonga boradi'ning rasmi

Bu haqda Qozog`iston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 noyabr kuni Qozog`iston poytaxti Astana shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining yubiley X sessiyasi bo`lib o`tadi. Qozog`iston prezidenti matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, sessiyada tashkilotga a`zo davlatlar: Ozarbayjon, Qirg`iziston, Turkiya, O`zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega bo`lgan Turkmaniston va Vengriya etakchilari ham unda qatnashishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar