AsosiySport

Kubaro Hakimova Para Osiyo o`yinlarining rekordini o`rnatdi

'Kubaro Hakimova Para Osiyo o`yinlarining rekordini o`rnatdi'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasi Para Osiyo o`yinlarining bugungi kunini ham muvaffaqiyatli boshladi. 

O`zbekistonlik sporchi Para Osiyo o`yinlari rekordini yangilagan holda oltin medalga ega chiqdi. Para-engil atletikachimiz Kubaro Hakimova F41 klassida yadro uloqtirish sektorida eng yuqori natija bilan O`zbekiston delegasiyasiga galdagi oltin medalni taqdim etdi.

Shuningdek, Para engil atletikaning yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Elbek Sultonov kumush medalni qo`lga kiritdi. Bundan biroz avval para engil atletikaning uzunlikka sakrash bahslarida O`zbekiston sharafini himoya qilgan para atlet Omad Hasanov esa barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda yakunda oltin medalni qo`lga kiritdi.

 

    Boshqa yangiliklar